Zafarobod tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi professor-o‘qituvchilari boshchiligidagi ishchi guruh vakillari "Mahalla yettiligi" faoliyati bilan tanishdi. Joriy yilning 6-may kuni Zafarobod tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi professor-o‘qituvchilari boshchiligidagi ishchi guruh vakillari A.Xolov, M.Yunus, A.Shaimkulov, L.Qodirova, N.Bekmurodovlar "Mahalla yettiligi" faoliyati bilan tanishdi.
Dastlab, ishchi guruh vakillari "Uzun" mahallasidagi faollar bilan uchrashdi. Uchrashuvda mahalla faollari tomonidan olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi va mahalla faollari tomonidan takliflar berildi. Ishchi guruh tomonidan, mahallalarda aholining ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish hamda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlarni o‘rganish va muammolarni yechish yuzasidan ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqish bo‘yicha o‘rganishlar olib bormoqda.
Zafarobod tumani hokimligi Axborot xizmati.