O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi professor-o‘qituvchilari boshchiligidagi ishchi guruh rahbari Xolov Aktam tomonidan, “Mahalla yettiligi” uchun o‘quv-seminar o'tkazildi. Seminardan maqsad “yettilik tizimi” ning muhim ahamiyati, mazkur faoliyatni tashkil etish mexanizmlari, yangi tizim samarasida aholi uchun yaratiladigan imkoniyatlar borasida bilim va ko‘nikmalar berish hamda har bir mas’ulning mahalladagi o‘rni, asosiy vazifa va majburiyatlarini tushuntirishga qaratildi.
“Mahalla yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etish, kelgusida amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni samarali yechish, bo‘yicha savol-javoblar amalga oshirildi. Shuningdek, mazkur sohada qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar bo‘yicha belgilanayotgan vazifalar xususida tushuntirishlar berildi. Seminar davomida “Mahalla yettiligi” faoliyatining amaldagi holati tahlili xususida gapirildi. “Mahalla yettiligi” ni davlat organlari bilan hamkorligi, kollegial qabul qilgan qarorlar ijrosi, migratsiya, ayollar va yoshlar bandligi, yer ajratish masalasi, subsidiya va kreditlar ajratish masalasida qiziqtirgan savollarga javob berildi.
Zafarobod tumani hokimligi Axborot xizmati.