Aholi bilan doimiy muloqot qilish, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni hal etishning samarali mexanizmi va usullari joriy etilgani mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishiga aylandi.
Zafarobod tumani "Bo‘ston" va "Uzun" mahallarida, tuman hokimi Gʻayratjon Eshpulatov tomonidan, Sayyor qabul o‘tkazildi. Sayyor qabulda 8 ta murojaatlar kelib tushdi. Asosan kredit, moddiy yordam, yo‘l ta’miri va boshqa masalalarga oid murojaatlar kelib tushdi. Qabulda ko‘tarilayotgan har bir masala alohida nazoratga olib borildi. Muddat talab qiladigan murojaatlar yechimini topish yuzasidan mutasaddilarga qat’iy topshiriqlar berildi.
Zafarobod tuman hokimligi Axborot xizmati.