Joriy yilning 30-may kuni Zafarobod tumani hokimi Gʻayratjon Eshpulatov profilaktika inspektorlari bilan uchrashib, ularning faoliyatida duch kelayotgan muammolarni tingladi. Tuman hokimi profilaktika inspektorlari mahallalarda, avvalo, tinchlik, fuqarolarning osoyishtaligi, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish borasidagi faoliyati samaradorligini oshirish lozimligini alohida ta’kidladi. Shuningdek uchrashuv davomida tuman hokimi tomonidan, amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Zafarobod tuman hokimligi Axborot xizmati.