Zafarobod tuman hokimligi tashabbusi bilan "1-iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni" munosabati bilan bayram tadbirlari bo‘lib o‘tdi.
Bayram tadbirida so'z olgan tuman hokimi o'rinbosari Jamshid Adilov bolajonlarni bayram bilan tabriklab o‘tdi.
Bayram dasturida tuman madaniyat bo‘limi xushovoz xonandalari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlarga chinakkam bayramona kayfiyat bag‘ishladi. Shuningdek tuman hokimligi tomonidan, jajji bolajonlarga esdalik sovg‘alari berildi.
Zafarobod tuman hokimligi Axborot xizmati.