Zafarobod tumanida qator sohalarda yangi va zamonaviy investitsiya loyihalarini amalga oshirish va tumanning ishlab chiqarish va eksport salohiyatini yanada yaxshilashga alohida eʼtibor qaratilib, bu borada tuman hokimi boshchiligida salmoqli ishlar olib borilmoqda.
Xususan, tuman hokimi Gʻayratjon Eshpulatov Turkiya va Xitoylik investorlar bilan uchrashdi. Uchrashuvda gilam to'qish texnologiya uskunalari olib kelinib,150 ish o'rni yaratilishi ta'kidlandi. Loyiha yuzasidan Turkiya va Xitoylik mutaxassislar bilan muzokaralar olib borilib, dastlabgi kelishuvlarga erishildi.
Zafarobod tuman hokimligi Axborot xizmati.