El farovonligi, yurt taraqqiyotida tadbirkorlikning o‘rni beqiyos. Zafarobod tumani hokimi Gʻayratjon Eshpulatov tumanda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar bilan uchrashdi.
Uchrashuvda tuman hokimi tadbirkorlikni yanada rivojlantirish orqali yangi ish o‘rinlarini yaratish, mahallalardagi mavjud qo‘shimcha zaxira va imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan taklif va tavsiyalar berdi. Shuningdek uchrashuv davomida tadbirkorlarni taklif va muammolari o‘rganildi. Muddat talab qiladigan murojaatlar yechimini topish yuzasidan mutasaddilarga qat’iy topshiriqlar berildi.
Zafarobod tuman hokimligi Axborot xizmati.