Zafarobod tumani hokimi Gʻayratjon Eshpulatov, tuman hokimi o'rinbosari Jamshid Suyarov, Yoshlar ishlar agentligi Zafarobod tumani bo‘limi boshlig‘i Marat Bo‘tayevlar boshchiligida, "Samarqand" mahallasida ishlash, o‘qish, davolanish maqsadlarida xorijga ketgan yoshlar bilan onlayn muloqot o‘tkazdi. Muloqot davomida tuman hokimi Gʻayratjon Eshpulatov, hozirgi kunda yoshlar berilayotgan imkoniyatlar, aholi bandligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan dasturlar, tashkil qilinayotgan yangi ish o‘rinlari to‘g‘risidagi aytib o'tdi.
Muloqotda yoshlarning murojaatlari eshitilib, ularning masalalarini tegishli tashkilot va idoralar bilan hamkorlikda hal qilish choralari ko‘rilishi aytib o‘tildi. Tuman hokimi yoshlar bilan doimiy muloqot qilishga, ularning muammolarini tinglab, hal etish choralarini ko‘rishga tayyor ekanligini maʼlum qildi.
Zafarobod tuman hokimligi axborot xizmati.