Ommaviy qabulda tuman hokimi Gʻayratjon Eshpulatov, tuman prokurori Xusniddin Bektemirov, tuman IIB boshlig‘i Bahrom Musurmonov, Xalq qabulxonasi, tuman soliq inspeksiyasi ishtirok etdi. Qabulda fuqarolar tomonidan moddiy yordam, ichimlik suvi, gaz, bandlik va boshqa masalalarga oid murojaatlar kelib tushdi.
Qabulda ko‘tarilayotgan har bir masala alohida nazoratga olib borildi. Muddat talab qiladigan murojaatlar yechimini topish yuzasidan mutasaddilarga qat’iy topshiriqlar berildi.
Zafarobod tuman hokimligi Axborot xizmati.