Yig‘ilishda tuman hokimi Gʻayratjon Eshpulatov, tuman prokurori Xusniddin Bektemirov, tuman IIB boshlig‘i Bahrom Musurmonov, tuman soliq inspeksiyasi boshlig'i Jasur Alimqulov, barcha huquqni muhofaza qiluvchi idoralar rahbarlari, tuman IIB xodimlari, mahalla yettiligi va tuman tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.
Mazkur kengash yig‘ilishida 2024-yilning 6 oyida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi hamda mas’ul tashkilot rahbarlarining hisobotlari tinglandi.
Yig‘ilish yakunida zaruriy chora-tadbirlar belgilab olindi.
Zafarobod tuman hokimligi Axborot xizmati.