Oʻzbekiston islohotlarni “Inson qadri va manfaatlari uchun” tamoyiliga asoslangan holda olib bormoqda.
Jumladan, inson xuquqlarini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlardagi keyingi jiddiy yutuq, bu koʻpchilikni oʻylantirgan, qiynab kelgan “propiska” tizimini tubdan oʻzgartirish boʻldi. Jamiyat uzoq yillar davomida bu tizimga nisbatan fuqarolarning erkin harakatlanishiga toʻsiq, deya qarab kelgan edi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Hurmatli Shavkat Mirziyoyev eski “propiska” tizimini fuqoralarning oyoqlariga urilgan kishan, deb taʼrif berdi va uni tubdan oʻzgartirish choralarini koʻrdi. Ushbu chora-tadbirlarga koʻra, roʻyxatdan oʻtishni bildirish tizimiga oʻtish koʻzda tutilgan. Ushbu chora-tadbirlar shuningdek fuqarolarning mulkiy xuquqlariga ham ijobiy taʼsir koʻrsatdi. Zero mamlakatning boshqa xududlarida istiqomat qilgan fuqarolar Toshkent shahrida doimiy roʻyxatda boʻlmaganliklari uchun uzoq yillar davomida poytaxtdan oʻz nomlariga uy sotib olish imkoniyatidan mahrum edilar. Koʻplab fuqarolar Toshkentdagi oʻzlarining koʻchmas mulkini poytaxtda doimiy roʻyxatda turgan yaqin tanishlari nomiga roʻyxatdan oʻtkazib, soʻngra oʻzlari oʻz uylarida ijarachi kabi yashashga majbur edilar. Amalga oshirilgan islohotlar natijasida, uy-joy sotib olishda propiska talabi bekor qilinganidan soʻng, oʻzbekistondliklar Toshkent shahrida qariyb 13 mingta xonadonni sotib oldilar. Ulardan 70 foizini viloyatlik fuqarolar tashkil qildi. Xukumat, shuningdek fuqaroligi boʻlmagan shaxslar sonini kamayitirish uchun qatʼiy chora-tadbirlarni qabul qildi. Faqat oʻtgan yilning oʻzida 50 ming nafar yurtdoshimiz Oʻzbekiston fuqarooligiga ega boʻldi, bu yil esa
20 mingdan ziyod shaxs fuqarolikka ega boʻlish imkoniyatini qoʻlga kiritdi.
Shuni taʼkidlash joizki, mamlakatda 2020-yil yakunlariga koʻra, Xalqaro mehnat tashkiloti oʻz hisobotida Oʻzbekiston tomonidan paxta sanoatida bolalar va majburiy mehnatidan foydalanish toʻxtatilganligini eʼlon qildi. Tashkilot oʻz maʼlumotlarida Oʻzbekiston paxta dalalarida asossiy mehnat xuquqlariga rioya etishda katta muvaffiqiyatlarga erishganini eʼtirof etgan. Xususan paxta kampaniyasiga talabalar, oʻqituvchilar, shifokorlar va hamshiralar muntazam ravishda jalb etish butkul toʻxtatildi.
Oʻzbekistonning asosiy paxta yetishtiriladigan xududlarida monitoring oʻtkazgan inson xuquqlari boʻyicha Oʻzbekiston forumi oʻn yil ichida ilk marotoba birorta ham majburiy mehnat holatini qayd etmadi.
Xukumatimiz tomonidan olib borilayotgan ijobiy islohotlarga befarq boʻlmasdan, barchamiz oʻzimizning ijobiy hissamizni qoʻshmogʻimiz lozim.
Jinoyat ishlari bo’yicha
Zafarobod tuman sudi raisi J.Baxronov