“Mening yurtim” telekanalining “Markaziy studiya” ko‘rsatuvi orqali, "Yashil makon" loyihasida ko‘zbo‘yamachilikka yo‘l qo‘yilgan sarlavhasi ostida tarqalgan xabarga munosabat. Mazkur holat bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qilamiz. Zafarobod tumani “Birlik” QFY hududidagi zovur atrofiga ekilgan 5000 tup tut ko‘chatlari haqiqatdan ham, Zafarobod tumani qishloq xo‘jaligi bo‘limiga biriktirilgan. Ko‘chatlar parvarishi bilan bog‘liq, agrotexnik tadbirlar o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi natijasida qurib qolgan.
Bugungi kunda tuman Qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i A.Karimov tomonidan, ushbu ko‘chatlarni nobud bo‘lishiga yo‘l qo‘yganligi hamda o‘z ishiga sovuqqonlik bilan qaraganligi uchun egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Ushbu qurigan ko‘chatlarni o‘rnini to‘ldirish maqsadida, kuz mavsumida ko‘chat ekish bilan bog‘liq agrotexnik tadbirlar o‘z vaqtida amalga oshirilishi yuzasidan qat’iy chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda.
Zafarobod tuman hokimligi Axborot xizmati.