Zafarobod tumani Madaniyat markazida, “Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul” ko‘rik – tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tadbirni tuman hokimi G'ayratjon Eshpulatov ochib berib, ishtirokchilarga omad va zafarlar tiladi.
Tanlov 3 ta shart asosida o'tkazildi. Mazkur tanlov qizg‘in bahs va munozaralarga boy bo‘lib hakamlar hay’ati tomonidan baholanib borildi.
Tanlov natijalariga ko'ra faxrli 1-o'rinni "Pistalikent" mahallasidan Isarov Rasul, 2-o'rinni "Uzun" mahallasidan Shodmonov Shakarboy, 3-o'rinni "Nurafshon" mahallasidan Esanova Oyisha qo'lga kiritdi. G'olib bo'lgan ishtirokchilarda esdalik sovg'alari va pul mukofotlari topshirildi.
Zafarobod tuman hokimligi Axborot xizmati.