Zafarobod tumani A.Navoiy bog‘ida “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz” shiori ostida Mustaqilligimizning qutlug‘ 33 yillik bayramiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda tuman hokimi Gʻayratjon Eshpulatov so‘zga chiqib Mustaqilligimizning qutlug‘ 33 yillik bayrami bilan barchani samimiy muborakbod etdi.
Shundan so‘ng O‘zbek milliy maqom san’ati markazi Jizzax viloyati hududiy bo‘limi jamoasi, elimiz suygan san’atkor Ilhom Farmonovning har bir chiqishlarini olqishlar bilan kutib olishdi.
Mustaqillik bayrami sharafiga tashkil qilingan mushakbozlik, ayniqsa, tadbir yakunida ishtirokchilarga o‘zgacha bayram shukuhini ulashdi.
Zafarobod tuman hokimligi Axborot xizmati.