O'zbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 33 yillik bayramida, Zafarobod tumani "Pistalikent" mahalla fuqarolar yigʻini yangi binosi foydalanishga topshirildi. Tadbirda Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i, general-mayor G'ayrat Qodirov, tuman hokimi tuman hokimi Gʻayratjon Eshpulatov, tuman prokurori Xusniddin Bektemirov, tuman IIB boshlig‘i Bahrom Musurmonov, mahalla faollari, nuroniy otaxon-onaxonlar, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda so'z olgan tuman hokimi Gʻayratjon Eshpulatov, barchani eng ulug‘, eng aziz bayram Mustaqilligimizning 33 yillik bilan muborakbod etdi. Tadbir davomida nuroniy otaxonlar bugungi dorilomon kunlarga shukronalar bildirdi va Vatanimizning porloq kelajagini tilab, samimiy so’zlar, ezgu tilaklar bilan duolar qildi.
Shundan soʻng rasmiy ochilish marosimi oʻtkazilib, qizil tasmalar kesildi va tadbir ishtirokchilari koʻrkam mahalla binosidagi zamonaviy sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Zafarobod tuman hokimligi Axborot xizmati.