Zafarobod tumani "Uzun" mahallasida, tuman hokimi Gʻayratjon Eshpulatov tomonidan, Sayyor qabul o‘tkazildi. Qabulda tuman prokurori Husniddin Bektemirov, tuman IIB boshlig'i Bahrom Musurmonov, tuman tashkilot rahbarlari va fuqarolar iahtirok etdi.
Sayyor qabuldaelektr tarmoqlari, oqova suv, ichki yo'l ta'miri va boshqa masalalarga oid murojaatlar kelib tushdi. Qabulda ko‘tarilayotgan har bir masala alohida nazoratga olib borildi. Muddat talab qiladigan murojaatlar yechimini topish yuzasidan mutasaddilarga qat’iy topshiriqlar berildi.
Zafarobod tuman hokimligi Axborot xizmati.