Til – millat qiyofasining bir bo‘lagi. Shuni ta'kidlash kerakki, o‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi xalqimizning milliy mustaqillikka erishish yo‘lidagi muhim qadamlaridan biri bo‘lgan edi. Istiqlol yillarida mamlakatimizda barcha sohalarda bo‘lgani kabi tilimiz taraqqiyotida ham muhim o‘zgarishlar yuz berdi.
Zafarobod tuman markazidagi Alisher Navoiy bog'ida "21-OKTABR O‘ZBEK TILIGA DAVLAT TILI MAQOMI BERILGANLIGINING 35 YILLIGI " munosabati bilan tantanali tadbir o'tkazildi.
Tadbirda Jizzax viloyati hokimining maslahatchisi B.S.Mavlyanov, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo'limi rahbari M.Abdurahmonov, Jizzax Pedagogika universiteti o'zbek tili va adabiyoti o'qituvchilari, Zafarobod tuman hokimining maslahatchisi Sh.Dastanov va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Tadbir davomida viloyati hokimining maslahatchisi B.S.Mavlyanov, tuman hokimining maslahatchisi Sh.Dastanov hamda tuman faollari so'zga chiqib, barchani bayram bilan qutladi, o‘zbek tilining tarixi va bugungi kundagi o'rnini ta'kidlab o'tdi.
Tadbirning ikkinchi qismi o'quvchi yoshlarning badiiy va musiqaviy chiqishlariga ulanib ketdi. Tadbir so'ngida Alisher Navoiy haykali poyiga gulchambarlar qo'yildi. Bayram tadbiri tumanimiz bo'ylab davom etmoqda.
Zafarobod tuman hokimligi Axborot xizmati.