Davlat va jamiyat hayotida faol bo‘lgan, har jihatdan ibratli, iste’dodli ayollarni aniqlash, ularning faoliyatini keng jamoatchilikka yaqindan tanishtirish, ilg‘or ish tajribasini ommalashtirish, xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish maqsadida Zafarobod tumanida "Yil ayoli" milliy tanlovining tuman bosqichi bo'lib o'tdi.
Tanlovda mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga munosib hissasini qo‘shib kelayotgan, yuksak ma’naviyatli, oilada va farzand tarbiyasida ibrat bo‘lish bilan birga o‘zi faoliyat ko‘rsatayotgan soha nufuzini oshirishda faol ishtirok etayotgan xotin-qizlar Nizom asosida 7 ta nominatsiyalar bo‘yicha 11 nafar ishtirokchi bellashdi.
Tadbir davomida tuman madaniyat bo'limi tomonidan ku-qo'shiqlar ijro etildi. Tanlov natijalariga ko'ra yuqori ballarni qo'lga kiritgan nomzodlar esdalik sovg'alari bilan taqdirlanib, viloyat bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdilar.
Zafarobod tuman hokimligi Axborot xizmati.