Jizzax viloyati Zafarobod tumanida 2025-yil hosili uchun 9000 gektar maydonda g‘alla ekish rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunga kelib 9000 gektar maydonda ekish ishlari to‘liq yakunlandi. Ushbu ekilgan maydonlarda g‘allaning serhosil “Zamin-1”, “Gurt”, “Asr”, “Vassa”, “Antanina” kabi navlari ekildi. Gʻalla maydonlarida kuzgi sug‘orish ishlari uyushqoqlik bilan tashkil qilish chora-tadbirlar belgilangan. Ushbu ko‘rsatkichlarga erishish uchun “Agroinspeksiya”ning Zafarobod tumani bo‘limi tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan 86 ta nazorat tadbiri o‘tkazildi. Ular bo‘yicha fermer xo‘jaligi raislariga ogohlantirish xatlari berildi. 11 ta holat bo‘yicha qonun buzilishiga yo‘l qo‘ygan sube’ktlarga ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.