Pensioner pensiya miqdorini qayta hisoblab chiqish uchun asos paydo bo‘lgan taqdirda pensiyaning tayinlangan turi miqdorini qayta hisoblab chiqish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilishi mumkin.
Quyidagi holatlar tayinlangan pensiya miqdorini qayta hisoblab chiqish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi:
Ish haqiga mintaqaviy koeffitsiyentlar belgilangan tumanlarda (shaharlarda) ishlagan shaxsga pensiyalarni qayta hisoblashda mintaqaviy koeffitsiyent hisobga olingan holda hisoblab chiqilgan amaldagi ish haqi hisobga olinadi.
Pensionerlar pensiyani qayta hisoblash uchun qayta hisoblab chiqish huquqi paydo bo‘lgandan keyin istalgan vaqtda murojaat qilishlari mumkin.
Pensiya miqdorini qayta hisoblash to‘g‘risidagi ariza pensioner yashaydigan joy bo‘yicha Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga beriladi.
Oilaning voyaga yetmagan a’zosi (boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi) yoki belgilangan tartibda huquqiy layoqatsiz deb e’tirof etilgan shaxsning nomidan pensiya miqdorini qayta hisoblash to‘g‘risidagi ariza uning ota-onasi yoki qonuniy vakili yashaydigan joy bo‘yicha Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga berilishi mumkin.
Pensiya jamg‘armasi bo‘limi pensiya miqdorini qayta hisoblash to‘g‘risidagi masalani shaxs tegishli ariza bilan murojaat qilganda ko‘rib chiqadi.
Shaxsning arizasi Pensiya jamg‘armasining axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan ariza beruvchiga ariza qabul qilingan sana ko‘rsatilgan tilxat, shuningdek olingan va yetishmaydigan hujjatlar ro‘yxati beriladi.
Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan barcha zarur hujjatlar bilan birga pensiya miqdorini qayta hisoblash to‘g‘risidagi ariza qabul qilingan sana pensiya miqdorini qayta hisoblash uchun murojaat qilingan kun hisoblanadi.
Pensiya miqdorini qayta hisoblash uchun murojaat qilgan pensionerning arizasiga ushbu Nizomning 142-bandi “a”, “v” va “g” kichik bandlari asosida mazkur Nizomning 12 — 14 va 16-bandlarida ko‘rsatilganlaridan zarur hujjatlar ilova qilinishi kerak.
Pensiya jamg‘armasi bo‘limi nogironlik guruhi o‘zgarganligi munosabati bilan pensiya miqdorini qayta hisoblashda TMEKdan olingan nogironlik to‘g‘risidagi ma’lumotnomaning tegishli qismini pensionerning pensiya hujjatlar yig‘majildiga ilova qiladi.
Quyidagi hollarda pensiya miqdorini qayta hisoblash to‘g‘risida ariza berish talab qilinmaydi:
qonun hujjatlariga muvofiq pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori o‘zgarganda;
tayinlangan pensiya miqdori kamayishiga olib kelgan holatlar yuz berganda;
oilaning 16 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan a’zolaridan biri ta’lim muassasasidan berilgan uning o‘quvchi ekanligi haqidagi ma’lumotnomani taqdim etgan taqdirda boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini oluvchi oila a’zolari soni o‘zgarganda;
nogironlik guruhi o‘zgarganda.
I guruh nogironligi belgilanganda.
Pensiya miqdorini qayta hisoblash to‘g‘risidagi ariza Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan besh kun muddatda ko‘rib chiqiladi.
Pensiya miqdorini qayta hisoblash rad etilgan taqdirda Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tegishli qaror chiqarilgandan keyin besh kundan kechikmay rad etish sabablarini, qabul qilingan qaror yuzasidan shikoyat qilish tartibini ko‘rsatgan holda pensionerga rad etish to‘g‘risidagi bildirishnomani berishi yoki yuborishi hamda ayni bir vaqtda taqdim etilgan hujjatlarni hujjatlar olinganligi to‘g‘risidagi tilxat bilan pensionerning qo‘liga qaytarishi shart.
Buydjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi
Zafarobod tuman bo’limi