Joriy yilning 16-17-iyun kunlari Rim (Italiya) shahrida BMT Yevropa Iqtisodiy tashkiloti komissiyasining “Barcha yoshdagilar uchun dunyo: birdamlik va hayot davomida imkoniyatlar uchun kuchlarni birlashtirish” mavzusidagi xalqaro konferensiyasida O‘zbekiston Republikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi vakillari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining ijro etuvchi direktori Abdulaziz Xaydarov – delegatsiya rahbari sifatida ishtirok etishmoqda.