Joriy yilning 3 avgust kuni Zafarobod tumani Madaniyat markazida, tuman ''Adliya bo'limi'' tashabbusi bilan "CHEKSIZ RIVOJ" nomli psixologik trening bo'lib o'tdi. Tadbirda ishtirokchilarni ruhiy holatini yaxshilash, sogʼlom fikrlash, shaxslararo munosabatlarda ijobiy xislatlarni shakllantirish, turli xil nizolarning oldini olish, oʼzini namoyon etish, sharoitlarini yaratish hamda oʼziga boʼlgan ishonchni yuksaltirish, ijtimoiy moslashuv darajasini, notiqlik, oʼz fikrini oʼzgalarga yetkaza bilish qobiliyatini va muzokara yuritish madaniyatini shakllantirishga asosiy eʼtibor qaratildi. Ruhiy va tabiiy erkinlikni his etish, oʼzaro munosabatlarda aloqa oʼrnata olishini shakllantirish borasida ham ishtirokchilarga tushunchalar berildi. Treningda psixolog tomonidan tuzilgan savollarga ishtirokchilar tomonidan javoblar berildi.
Mashgʼulotlar yakunida ishtirokchilarga minnatdorchilik hissi – bizning oldimizda cheksiz quvvat va ichki boylik manbaiga yoʼl ochuvchi kuch hisoblanishi, yuragimizni nafratdan xalos qilib – kimdan xafa boʼlsak, barchani kechirish, oddiy hayot tarzini yuritish va nimaga ega boʼlsak, shuning qadriga yetish haqida tushuncha berilib, ularda bu hissiyotni uygʼotishga qaratilgan suhbat olib borildi.
Зафаробод туман Адлия бўлими бошлиғи Б.Икромов