Qonunga ko‘ra, isteʼmolchilarning sifatli ichimlik suvi bilan taʼminlanishi kafolatlanadi. Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi. Har qanday tashkilotlar ichimlik suvi taʼminoti tashkiloti sifatida faoliyatni amalga oshirishi mumkin.
Ichimlik suvi taʼminoti tashkilotlari isteʼmolchining hayotiga, sog‘lig‘iga hamda mol-mulkiga moddiy va maʼnaviy zarar yetkazganlik uchun javobgar bo‘ladi.
Isteʼmolchilar ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish bo‘yicha xizmatlarning uzluksiz va xavfsiz ko‘rsatilishini, shuningdek o‘z hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkiga xavf tug‘dirmaydigan sifatga va miqdorga ega bo‘lgan ichimlik suvi berilishini shartnoma shartlariga muvofiq talab qilish huquqiga ega.
Зафаробод туман Адлия бўлими бошлиғи Б.Икромов