Ichimlik suvi inshootlari suv taʼminoti darajasi bo‘yicha quyidagi toifalarga bo‘linadi:
І toifa – xizmat ko‘rsatiladigan aholi soni 50 mingdan ortiq;
ІІ toifa – xizmat ko‘rsatiladigan aholi soni 5 mingdan 50 minggacha;
ІІІ toifa – xizmat ko‘rsatiladigan aholi soni 5 minggacha.
Ichimlik suvi epidemiologik, radiatsiyaviy va kimyoviy jihatdan xavfsiz bo‘lishi kerak.
Ichimlik suvi sifatining tahlili ichimlik suvi taʼminoti tashkilotlarining laboratoriyalarida amalga oshiriladi.
Ichimlik suvi quyidagi hollarda transportda yetkazib beriladi:
ichimlik suvi taʼminoti tashkilotining tarmoqlari mavjud bo‘lmagan hududlarga;
ichimlik suvi quvurlaridagi va ichimlik suvi taʼminoti tarmoqlarining boshqa inshootlaridagi avariyalar chog‘ida;
ichimlik suvi taʼminoti tarmoqlarida taʼmirlash-tiklash ishlari amalga oshirilayotganda;
favqulodda vaziyatlarda.
Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish bo‘yicha xizmatlar uchun to‘lovlar xalq deputatlari viloyatlar Kengashlari tomonidan tasdiqlanadi va OAVda eʼlon qilingandan keyin 15 kundan so‘ng kuchga kiradi.
Зафаробод туман Адлия бўлими бошлиғи Б.Икромов