Odatda, ayolning jamiyatdagi o‘rni va vazifalarini faqat oila hamda farzandlar tarbiyasi bilan bog‘laymiz. Ammo hozirgi globallashuv sharoitida bunday yondashuv noto‘g‘ri ekanligini tushunib yetdik.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida" 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son Farmoni ijrosini ta'minlash, hamda Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 31 mart kungi 145 sonli qaroriga asosan Zafarobod tumanida ham Ayollar daftariga kiritilgan xotin-qizlar tadbirkorlikka o'qitilyapti. Jizzax viloyati xotin-qizlar tadbirkorlik markazi hamda Zafarobod tuman Oila va xotin-qizlar bo'limi tomonidan tadbirkorlik qilish istagida bo'lgan ehtiyojmand xotin-qizlar uchun tadbirkorlikni yo'lga qo'yish maqsadida, "Yorqin" ShFY xududida tadbirkorlik markazida o'quv kurslari tashkil etilgan. O'quv kursida xotin-qizlar bilim darajasi oshirilib, sertifikatlar taqdim etildi va xotin-qizlar tadbirkorlikga yo'naltirildi.
Зафаробод туман ҳокимлиги Ахборот хизмати.