Jizzax viloyati Zafarobod tumani "Birlik" mahalla faollari va Oila va Xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash bo'limining tashabbusi bilan "Xotin- qizlar jamiyatning asosiy bo'g'inidir " mavzusida Birlik QFY da ayollar bilan psixologik suxbat bo'lib o'tdi.
Psixologik suhbat jarayonida qaynona kelin munosabatlarini yaxshilash, ayollik hislatlarini rivojlantirish, er-xotin munosabatlarini mustahkamlash, ichki motivatsiyani topa olish mavzularida qiziqarli mashg'ulotlarni o'rganishdi. Hamda suhbat so'ngida qatnashchilarni qiziqtirgan savollariga professional psixolog tomonidan javob berildi.
Зафаробод туман ҳокимлиги Ахборот хизмати.