Bolalar nafaqasi va moddiy yordam to‘lovlarini o‘z vaqtida manzilli va maqsadli yetib borishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 654-sonli “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Mazkur qaror bilan kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash uchun arizalar quyidagi hollarda rad etiladi:
oilaning har bir a’zosiga belgilangan me’yor (440 ming so‘m)dan yuqori daromadi mavjud bo‘lganda;
2 va undan ortiq ko‘chmas mulki yoki bir va undan ortiq noturar joy binolari mavjud bo‘lganda;
oila a’zolarining o‘z nomiga rasmiylashtilgan yoki bosh ishonchnoma asosida foydalanayotgan ishlab chiqarilgan muddati 7 yildan oshmagan texnik xolati soz bo‘lgan yengil avtotransport vositasi bo‘lganda;
ishlab chiqarilgan muddati 15 yildan oshmagan, texnik holati soz bo‘lgan yuk tashuvchi avtotransport vositasi, avtobus, mikroavtobus, ekskavator, traktor, kombayn, yuk tashuvchi avtotransport vositalarining tirkamalari va yarim tirkamalari, avtokran va boshqa qurilish texnikasi;
2 yoki undan ortiq texnik xolati soz bo‘lgan avtotransport vositasi mavjud bo‘lganda;
ariza beruvchi va oila a’zolarining tijorat banklaridagi depozit hisob raqamlarida ariza bergan oyda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining besh baravari va undan ortiqroq miqdorda mablag‘lar mavjud bo‘lganda;
ariza beruvchi va oila a’zolarining mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining besh baravari va undan ortiqroq miqdorlarda qimmatli qog‘ozlar mavjud bo‘lganda;
Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Prezident davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi, Mudofaa sanoati qo‘mitasi hamda ularning tizimidagi tashkilotlari xizmatchilari va xodimlari yoki ularning oila a’zolari, shuningdek, pensionerlari tomonidan arizalar taqdim etilganda;
Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 9 yanvardagi 11-son qarori bilan tasdiqlangan Sudyalar va ularning oila a’zolari pensiya ta’minoti shartlari, me’yorlari hamda tartibi to‘g‘risidagi Nizomga asosan pensiyalar bilan ta’minlanganda;
Oilada mehnat organlari tomonidan tayinlangan ishsizlik nafaqasini olayotgan a’zolari mavjud bo‘lganda;
oilada oxirgi 12 oy davomida ish qidirayotgan a’zosi mehnat organlarining ishga doir taklifini ikki yoki undan ortiq marotaba rad etganda;
daromadning rasmiy manbalariga ega bo‘lmagan va oxirgi 6 oy maboynida ish izlab mehnat organlariga xisobda turmagan, o‘zini-o‘zi band shaxslar ro‘yxatiga kiritilmagan yoki haq to‘lanadigan jamoat ishlari ishtirokchisi hisoblanmagan oilaning mehnatga layoqatli a’zosi mavjud bo‘lganda nafaqalar tayinlash rad etiladi.
Бюджетдан ташқари пенсия жамғармаси Зафаробод туман бўлими.