3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2013–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11, 23-moddalar, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2006-yil, № 6, 261-modda; 2007-yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda, № 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 177, 187-moddalar, № 9, 482, 484, 487-moddalar, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 136-modda, № 9, 335-modda, № 12, 469, 470-moddalar; 2010-yil, № 6, 232-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 305-moddaning matnidagi “ijtimoiy ta’minot organlari” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 306-moddaning ikkinchi qismidagi “ijtimoiy ta’minot organlaridan” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limlaridan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
4-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 25-aprelda qabul qilingan 409–I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 6, 175-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 6, 248-modda, № 9, 422-modda, № 12, 595-modda; 2008-yil, № 4, 187-modda, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 4, 136-modda, № 12, 470-modda) 165-moddasining uchinchi qismidagi “ijtimoiy ta’minot organlarining” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 1-apreldagi O‘RQ-680-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan – Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 03/21/680/0263-son)
6-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan 607–I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, 5-6-songa ilova; 2003-yil, № 1, 8-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 157-modda; 2008-yil, № 4, 189-modda; 2009-yil, № 9, 328-modda) 175-moddasining matnidagi “ijtimoiy ta’minot bo‘limlari” degan so‘zlar “mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-modda O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 27-dekabrdagi O‘RQ-361-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2013-y., 52-son, 686-modda)
Бюджетдан ташқари пенсия жамғармаси Зафаробод туман бўлими.