Zafarobod tumani Madaniyat markazida Mudofaa ishlar bo‘limi bilan harbiy xizmatga yuboriluvchi va ularning ota-onalari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Joriy yilning 8-fevral kuni Zafarobod tumani Madaniyat markazida Mudofaa ishlar bo‘limi bilan harbiy xizmatga yuboriluvchi va ularning ota-onalari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda Jizzax viloyati harbiy prokurori katta yordamchisi, аdliya mayori O.Haydarov, Jizzax viloyati mudofaa ishlar boshqarmasi boshlig‘ining T va MIB o‘rinbosari podpolkovnik U.Yusupov, Zafarobod tumani hokimi o'rinbosari J.Suyarov, tuman Mudofaa ishlari bo'limi boshlig'i podpolkovnik B.Xusanov, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, tibbiy komissiya shifokorlari, umumiy o‘rta ta’lim maktablari CHQBT rahbarlari, harbiy stol boshliqlari, chaqiriluvchilar va ularning ota-onalari ishtirok etishdi.
Uchrashuvda bir yillik muddatli harbiy xizmatga, Oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun va xizmatiga yuborishga jalb qilish davrida korupsiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlari mavzusida tadbir o‘tkazildi. Yig‘ilish qatnashchilarini poraxo‘rlik va boshqa jinoyatlarga aralashib qolmasligi uchun ularni oldini olish, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qattiq chora tadbirlar ishlab chiqishni bu masalada tuman hokimligi va tumandagi barcha tashkilotlari hamkorlikda harakat qilishni ta’kidlab o‘tdi. O'tkazilgan uchrashuvda yig‘ilganlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar. Tadbirda 230 nafar chaqiriluvchi va ularni ota-onalari qatnashdi.
Zafarobod tuman hokimligi Axborot xizmati