Zafarobod tumani "Nurafshon" SHFYda erta nikoh va qizlar o'rtasida tibbiy madaniyatni oshirish mavzusida seminar yig'lish bo'lib o'tdi.
Joriy yilning 23 avgust kuni Zafarobod tumani, "Nurafshon" SHFYda "Oila va xotin-qizlar bo'limi" boshlig'i Sh.Mavlonova va akusher-gnikolog G.Sharipova ishtirokida "Erta tug‘ruq, erta nikoh va istalmagan homiladorlikning oldini olish, xotin-qizlar o‘rtasida tibbiy madaniyatni oshirish" mavzusida seminar yig‘ilish bo'lib o'tdi. Seminarda erta turmushni salbiy oqibatlari, farzand oila tarbiyasining asosiy bo'g'ini ekanligi tushuntirilib o'tildi. Shuningdek fuqarolardan berilgan savollarga javoblar berildi.
Shu bilan birgalikda "Oila va xotin-qizlar bo'limi" boshlig'i Sh.Mavlonova tomonidan "Oqila ayyollar" harakati a'zolari bilan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 8 avgustdagi 437-sonli qarori bilan yaqindan tanishtirib, kelgusida bajariladigan ishlar yuzasidan suhbat o'tkazildi.
Зафаробод туман ҳокимлиги Ахборот хизмати.