Телефонлар:
(0372) 472-24-20
(0372) 472-24-20
» » Zafarobod tuman Madaniyat va turizm bo'limi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bo'yicha Ochiq muloqot o'tkazildi.

Zafarobod tuman Madaniyat va turizm bo'limi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bo'yicha Ochiq muloqot o'tkazildi.

30 май 2023 йил
199
0

Joriy yilning 30-may kuni Zafarobod tumani Madaniyat va turizm bo’limi tomonidan amalga oshirilgan ishlar bo’yicha Ochiq muloqot bo’lib o’tdi. Ochiq muloqotda madaniyat va turizm bo’limi mudiri Bobur Suyarov va tuman OAV xodimlari ishtirok etdi. Ochiq muloqotda so’z olgan Zafarobod tumani Madaniyat va turizm bo’limi mudiri Bobur Suyarov tomonidan amalga oshirilgan ishlar bo’yicha hisobot berildi. Zafarobod tumani Madaniyat va turizm bo’limi tomonidan 2023-yil 27-yanvarda Zafarobod tuman Madaniyat va turizm bo’limi  kutubxonasida tuman ma’naviyat bo’limi hamkorlikda I.A.Karimov tavalludi munosabati bilan “Mangu yodimizdasiz” mavzusida  yosh  kitobxonlar bilan davra suhbati o’tkazildi. 2023-yil  9-fevral kuni Madaniyat va turizm bo’limi va ma’naviyat markazi bilan o’zbek va turkey xalqlar shoiri, mutafakkir va davlat arbobi Mir Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi munosabati bilan ko’tarinki kayfiyatda tadbir o’tkazildi. 2023-yil  13-fevral kuni Madaniyat va turizm bo’limi, ma’naviyat markazi ham tuman ARM bilan hamkorlikda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi, tuman ARM markazida yoshlar bilan uchrashuv bo’lib  o’tdi. Shuningdek 2023-yil 22-fevral kuni an’anaviy tarzda o’tkaziladigan “Bahor taronalari” yangi asari va yangi kuylar ko’rik tanlovi tuman Madaniyat va turizm bo’limi tomonidan o’tkazildi.

Zafarobod tumani markazida joylashgan “Beklar” tantanalar majmuasida 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar” kuni munosabari bilan tadbir o’tkazildi. Tadbirda tuman Madaniyat va turizm bo’limi xonandalari tomonidan kuy-qo’shiqlar ijro etildi. 2023-yil 16-mart kuni Navro’z bayrami va Zafarobod tumanining yubiley 50yilligi bayrami ko’tarinki kayfiyatda o’tkazildi. Bayram tadbiri “Beklar” tantanalar majmuasida o’tkazildi. Tadbirda poytaxtdan tashrif buyurgan Ravshan Komilov va tuman Madaniyat va turizm bo’limi xonandalari tomonidan kuy-qo’shiqlar ijro etildi. 2023-yil 21-mart kuni Zafarobod tumani  “Nurafshon” SHFYda “Har kuning Navro’z bo’lsin  jonajon O’zbekiston” shiori ostida bayram sayli bo’lib o’tdi. Bayram saylida tuman Madaniyat va turizm bo’limi kuy-qo’shiqlar, raqslar va sahna ko’rinishlari ijro etildi. 2023-yil  25-may kuni Zafarobod tumani “Samarqand” MFYda joylashgan Madaniyat markazida Davlat Xavfsizlik xizmati raisi kubogining tantanali taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Shuningdek bitiruvchi yoshlar uchun “So’ngi qo’ng’iroq” muusiqiy dasturi bo’lib o’tdi. Tadbirda tuman Madaniyat va turizm bo’limi xonandalari tomonidan kuy-qo’shiqlar ijro etildi. Ochiq muloqotda tuman OAV tomonidan berilgan savollarga madaniyat va turizm bo’limi mudiri Bobur Suyarov javoblar berildi.

Zafarobod tuman hokimligi Axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар