Zafarobod tumanida "30-iyul - Xalqlar do‘stligi kuni" bayrami munosabati bilan do‘stlik festivali bo'lib o'tdi.
Мillatlararo totuvlikni bir jamiyatda yashab, yagona maqsad yo‘lida mehnat qilayotgan turli millat va elatlarga mansub kishilar o‘rtasidagi o‘zaro hurmat, mehr-оqibat, do‘stlik va hamjihatlikning ma'naviy asosi deb atash mumkin. Zafarobod tumanida "30-iyul - Xalqlar do‘stligi kuni" bayrami munosabati bilan do‘stlik festivali bo'lib o'tdi.
Tadbir avvalida ishtirokchilar san'atning turli yo‘nalishlari hamda o‘zbek va qardosh xalqlarimiz yozuvchi, shoirlari qalamiga mansub badiiy adabiyotlar bo‘yicha tashkil etilgan kitobxonlik ko‘rgazmalari bilan tanishdi.
Mazkur ma'naviy-ma'rifiy, madaniy tadbir davomida ijodkor yoshlar tomonidan tayyorlangan jonli ijrodagi chiqishlar barchaga yanada yuqori bayramona kayfiyat ulashdi.
Zafarobod tuman hokimligi Axborot xizmati.