Zafarobod tumanida elektr taʻminoti korxonasi tomonidan olib borilayotgan ishlar, istiqbolli rejalar bo'yicha brifing bo'lib o'tdi.
Joriy iylning 28-avgust kuni Zafarobod tumani elektr taʻminoti bo'limi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bo'yicha brifing o'tkazildi. Brifingda tuman OAV xodimlari vakillari ishtirok etdilar.
Zafarobod tuman elektr korxonasi taʻminoti tomonidan "Uzun" QFY Sholipoya mahallasiga 2,5 km havo tarmog'i tortish kiritilgan bo'lib, hozirda Sholipoya mahallariga PQ – 635 qarorga asosan 3,5 km 10/0,4 kV havo tarmog'i va 1-dona 160 kVa, 60-dona temir biton ustuni o'rnatilgan. "Uzun" QFY Bog'ieram ko'chasiga PQ-146 qarorga asosan 4,3 km 10/0,4 kV havo tarmog'i va 1-dona 250 kVa dasturga kiritilgan va hozirga qadar 55-dona temir biton ustuni o'rnatilgan. "Uzun" QFY Bobur ko'chasi PQ-346 qarorga asosan 1,5 km 10/0,4 kV havo tarmog'i va 1-dona 160 kVa dasturga kiritilgan va hozirgi kunga qadar 20-dona temir biton ustuni o'rnatilgan. "Yorqin" SHFY Anhor bo'yi ko'chasiga 1,5 km Sip kabellar tortilib tarmoqqa ulandi. "Nurafshon" SHFY PQ-146 qarorga asosa Yangiobod va Nakurtsoy ko'chalariga 2,7 km SIP kabel tortilgan. "Chiqo'rg'on" QFY PQ-146 qarorga asosan Yaxshi niyat ko'chasiga 48 dona temir biton ustuni o'rnatilgan. "Yorkqin" SHFY Uchma ko'chasiga PQ-346 qarorga asosan 43 dona temir biton ustuni va 1 dona 160 kVa transformator olib kelindi. "Yorqin" SHFYga mukammal tamirlash olib borilmoqda, jumladan 20 dona temir biton ustuni hamda "Nurafshon" SHFY Tinchlik maxallasiga 6 dona temir biton ustuni olib kelindi. Brifing davomida tuman elektr korxonasi taʻminoti rahbari Qobil Qulmatov tomonidan, OAV xodimlari tomonidan berilgan savollarga javoblar berildi.
Zafarobod tuman hokimligi Axborot xizmati.