Jizzax viloyati Zafarobod tumani "Samarqand" mahalla fuqarolar yig‘inida ommaviy tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.
Joriy yilning 4-oktabr kuni Jizzax viloyati Zafarobod tumani “Obod xonadon, obod ko‘cha, obod mahalla” loyihasi doirasida "Samarqand" mahallasi aholisi uchun ommaviy tibbiy ko‘rik o‘tkazildi. Tibbiy ko‘rikda viloyatdan klegan malakasi tibbiyot xodimlar jumladan, LOR, okulist, kardiolog, ginekolog, terapevt, UZI shifokori, endokrinologlar tibbiy xizmat ko‘rsatdi.
Ushbu tibbiy ko‘rikka kelgan aholiga barcha sharoitlar yaratilgan bo’lib, malakali shifokorlar va zamonaviy tekshiruv apparatlari yordamida tibbiy ko'rik amalga oshirildi. Tibbiy ko‘rik davomida mahalla aholisiga sog‘lom turmush tarzi, sog‘lom ovqatlanish va tibbiy madaniyat afzalliklari to‘g‘risida batafsil tushintirildi.
Zafarobod tuman hokimligi Axborot xizmati.
Муҳокамага қўшилинг
Тавсия этамиз:
Изоҳлар (0)