Телефонлар:
(0372) 472-24-20
(0372) 472-24-20
» » “Obod xonadon, obod ko‘cha, obod mahalla” dasturi amalda

“Obod xonadon, obod ko‘cha, obod mahalla” dasturi amalda

13 сентябрь 2023 йил
160
0

Zafarobod tumanidagi "Samarqand" mahallasida "Obod xonadon", "Obod ko‘cha" va "Obod mahalla" mezonlarini joriy etish bo‘yicha amaliy harakatlarning 1-kunidan ishlar qizg‘in boshlandi. Zafarobod tumanidagi «Samarqand» mahallasi 1-sektor hududida joylashgan. Hudud maydoni 119 gektar, ko'chalar soni 25 ta, ko’p qavatli uylar 1 ta, aholi soni 2886 nafar shundan erkaklar – 1435, ayollar – 1451 nafar. Xonadonlar soni 524 ta, oilalar soni 776 tani tashkil etadi. 

Zafarobod tumani "Samarqand" mahallasida “Obod xonadon”, “Obod ko'cha” va “Obod mahalla” loyihasi doirasida keng ko'lamdagi obodonlashtirish, qurilish, taʻmirlash va bunyodkorlik ishlari boshlab yuborildi.

Zafarobod tuman hokimi O'tkirbek Raxmanov, Jizzax viloyati Xalq qabulxonasi mudiri Bayrambek Uzoqov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi ishchi guruhi vakili Uyg'un Ro'ziyev, Respublika Agrobank vakili Zafar Irgashev, korxona va tashkilot rahbarlari ishtirokida Samarqand mahallasida “Obod xonadon”, “Obod ko'cha” va “Obod mahalla” loyihasi doirasida ishlar bilan tanishib, loyihani belgilangan muddatda sifatli amalga oshirish topshirig‘ini berishdilar. Qurilish-ta’mirlash ishlari bilan bog‘liq muammolarni hal etish bo‘yicha mas’ullar belgilanib, mahallada uyma-uy yurib, ko'chalar, binolar, muassasalarda xatlov o'tkazildi va “yo'l xarita”lari tuzib olindi.

 

 

 


 

Zafarobod tumanidagi "Samarqand" mahallasida "Obod xonadon", "Obod ko‘cha" va "Obod mahalla" mezonlarini joriy etish bo‘yicha amaliy harakatlarning birinchi kunidan ishlar qizg‘in boshlandi. Yosh-u keksa bir bo‘lib, mahalla va ko‘chalarni obod qilish ishlariga o‘z hissalarini qo‘shishga kirishib ketdilar. Shuningdek, tuman Obodonlashtirish boshqarmasi ishchi-xizmatchilari tomonidan asosiy ko’chada ishlar boshlangan bo’lsa, mahalla yonidan o’tuvchi zavurlarni tozalashga maxsus texnikalar jalb qilindi.

 

 

 

 

 

Bir so‘z bilan aytganda, “Samarqand” mahallasida katta obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqdaki, qisqa muddat ichida ushbu mahalla obod va nurli maskanga aylanadi. Barcha soha va tizimda berilgan topshiriq va vazifalar bajarilib, mahalla ahlining farovon hayot kechirishi, turmushi yaxshilanishiga erishiladi.

 

 Zafarobod tuman hokimligi Axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар