Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining sudlarga oid yangi qabul qilingan qaror va farmonlari
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va sudlar faoliyati samaradorligini oshirishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi (PF-11-son) va "Odil sudlov faoliyatini amalga oshirishni samarali tashkil etish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida"gi Farmonlari qabul qilindi.
Sud tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishning qisqa muddatli strategiyasi tasdiqlandi.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentning “Odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va sudlar faoliyati samaradorligini oshirishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi Farmoni bilan 2023 – 2026 yillarga moʼljallangan sud tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishning qisqa muddatli strategiyasi tasdiqlandi.
“Inson qadri uchun” gʼoyasi asosida chinakam adolatli sud tizimini shakllantirish hamda uning faoliyatini xalq manfaati va inson qadr-qimmatini samarali himoya qilishga yoʼnaltirish;
adolatli sud qarorlari qabul qilinishiga erishish orqali xalqning, shu jumladan, tadbirkorlarning sud tizimiga boʼlgan ishonchini mustahkamlash, har bir shaxs sud va sud`yalar siymosida oʼzining ishonchli himoyachisini koʼrishiga erishish;
fuqarolar hamda tadbirkorlarga oʼz huquq va qonuniy manfaatlarini sudlarda himoya qila olishi uchun barcha imkoniyatlarni yaratish, sud ishlarini yuritishda tortishuv va taraflarning tengligi tamoyillarini toʼlaqonli roʼyobga chiqarish, sudlarning xolisligini amalda taʼminlashga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish;
sudlar faoliyatini toʼliq raqamlashtirish, sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish, idoralararo elektron maʼlumot almashinuvini yaxshilash, sud majlislarida masofadan turib ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish;
sud`yalarning mustaqilligi va daxlsizligi kafolatlarini kuchaytirish, sudga hurmatsizlik qilish va sud ishiga aralashish holatlarining oldini olish boʼyicha samarali mexanizmlarni ishlab chiqish;
sud qarorlarining qatʼiy ijrosini taʼminlash, bu borada davlat organlari va mahalliy hokimliklarning masʼuliyatini oshirish;
sud`yalar va sud xodimlarida yuksak muomala madaniyatini shakllantirish orqali sudga murojaat qilgan har bir fuqaro va tadbirkorda suddan, pirovardida esa davlatdan rozilik hissini uygʼotish - Strategiya doirasida odil sudlovni taʼminlashning ustuvor vazifalari etib belgilandi.
Sud mustaqilligi va sud`yalar daxlsizligini taʼminlash yana-da kuchaytiriladi
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentning “Odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va sudlar faoliyati samaradorligini oshirishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi Farmonida sud`yalarning chinakam mustaqilligini taʼminlash maqsadida ularning ishiga har qanday aralashuv qatʼiy jazolanishi, sud`yalarning xavotirsiz ishlashi uchun davlat tomonidan barcha sharoitlar yaratilishi alohida qayd etiladi.
Shuningdek, Farmon bilan sudning mustaqilligi va sud`yalar daxlsizligini taʼminlashni kuchaytirish boʼyicha:
sudga hurmatsizlik qilish holatlarini oldini olishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish, buning uchun maʼmuriy javobgarlik choralarini kuchaytirish va jinoiy javobgarlik belgilash;
sud ishlarini hal etishga aralashganlik va sud hujjatini ijro etmaganlik uchun javobgarlik choralarini kuchaytirish, shuningdek, sud hujjatlarining ijro etilishini taʼminlashga qaratilgan taʼsirchan mexanizmlarni joriy etish;
odil sudlovni amalga oshirish faoliyatiga aralashganlikka oid har bir jinoyat ishi yakuni boʼyicha jamoatchilikni ommaviy axborot vositalari orqali majburiy ravishda xabardor qilish tartibini joriy etishga oid choralar belgilandi.
Sud tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishning qisqa muddatli strategiyasi tasdiqlandi

Sud tizimining axborot siyosati kontseptsiyasi ishlab chiqiladi
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentning “Odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va sudlar faoliyati samaradorligini oshirishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi Farmoniga koʼra, Oliy sud Konstitutsiyaviy sud, Sud`yalar oliy kengashi va Oʼzbekiston Sud`yalari Аssotsiatsiyasi bilan birgalikda ikki oy muddatda 2023 – 2026 yillarga moʼljallangan sud tizimining axborot siyosati kontseptsiyasi ishlab chiqiladi.
Shuningdek, mazkur Farmon bilan aholi orasida sud hokimiyatining ijobiy timsolini shakllantirishda faol ishtirok etishini taʼminlash maqsadida Oʼzbekiston Sud`yalari Аssotsiatsiyasiga:
ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda sud`yalar faoliyati boʼyicha qonunga xilof va asossiz eʼlon qilingan har bir holatga sud hokimiyatining faxriylari tomonidan obʼektiv ravishda va tezkorlik bilan munosabat bildirib borish;
sud`yalar va sud hokimiyatining huquq va manfaatlarini himoya qilish masalalari yuzasidan sudlarga murojaat qilish tavsiya etildi.
Jizzax tumanlararo
maʼmuriy sudining sudʼyasi A.J.Karajanov