Телефонлар:
(0372) 472-24-20
(0372) 472-24-20
» » Jizzaxda ochiqlikni taʼminlash hamda raqamlashtirishga oid qonunchilik hujjatlari ijrosi muhokama etildi

Jizzaxda ochiqlikni taʼminlash hamda raqamlashtirishga oid qonunchilik hujjatlari ijrosi muhokama etildi

15 март 2024 йил
123
0

Mamlakatimizda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatida ochiqlikni taʼminlash, korrupsiyaning oldini olish, muhim ijtimoiy masalalarga oid ochiq maʼlumotlar ko‘lamini yanada kengaytirish borasida bir nechta normativ huquqiy hujjatlar qabul qilindi.

Mazkur yo‘nalishdagi qonunchilik hujjatlari ijrosini o‘rganish maqsadida joriy yilning 13-14-mart kuni Oliy Majlis Senatining Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash masalalari qo‘mitasi aʼzolari Jizzax viloyatida bo‘lishdi.

Senatorlar xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashi bilan hamkorlikda ochiqlikni taʼminlash hamda raqamlashtirish borasidagi ishlarni o‘rgandi va natijalarini masʼullar ishtirokida muhokama qildi.

Muhokamalar jarayonida senatorlar, mahalliy Kengashlarning doimiy komissiya raislari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining matbuot kotiblari, shuningdek, vazirlik va idora masʼullari ishtirok etdi.

Taʼkidlanganidek, viloyatda davlat hokimiyati organlari faoliyatida ochiqlikni taʼminlash va raqamlashtirish yo‘nalishida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan 16 turdagi maʼlumotlar muntazam ravishda Jizzax viloyat hokimligi tomonidan eʼlon qilib borilgan. Viloyat, tuman va shahar hokimliklarida matbuot kotiblarining faoliyati to‘liq yo‘lga qo‘yilgan. Ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali viloyatga oid 238 ta tanqidiy material eʼlon qilingan bo‘lib, ularning barchasiga o‘z vaqtida tezkor munosabat bildirilgan.

Shuningdek, ijro organlari hamda hududlardagi ijtimoiy soha obyektlari faoliyati to‘liq raqamlashtirilgan bo‘lib, tezkor aloqa vositalari bilan taʼminlangan va Internet tarmog‘iga ulangan.      

Senatorlar viloyatda amalga oshirilgan ishlar bilan bir qatorda ushbu yo‘nalishda ayrim muammolar mavjudligiga ham to‘xtalib o‘tdi.

Qayd etilganidek, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy veb-saytlarida keng jamoatchilik uchun dolzarb bo‘lgan yangiliklar ayrim saytlarda muntazam berib borilmagan.

Ayrim tuman va shahar hokimlarining rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilingan telefon raqamlari doimiy ravishda ishchi holatda emas.

Majlisda ochiqlikni taʼminlash va raqamlashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar bilan birgalikda Jizzax viloyati Xalq qabulxonasining murojaatlar bilan ishlash holati ham tahlil etildi.

Ishchi guruh tomonidan yuqorida aniqlangan kamchiliklarni hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Bu borada ishlarni samarali tashkil etish maqsadida alohida “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqish maqsadga muvofiqligi bildirildi.

Yakunda yuqorida keltirib o’tilgan masalalar yuzasidan uishtirokchilar fikri tinglandi.

Xususan, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Axborot xizmatlari faoliyatini tashkil qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi bosh mutaxassisi Doniyor Soliyev mazkur yo’nalishdagi ishlarni samarali tashkil etish bo’yicha taklif berdi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар