Zafarobod tumanining Samarqand mahallasida ham keng ko‘lamli profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.
Profilaktik tadbirlarda FVB xodimlari tomonidan mahalla hududida joylashgan sport va ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari va sportchilari, murabbiylar hamda o‘qituvchilar o‘rtasida favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish, birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan to‘g‘ri foydalanish va yong‘in xavfsizligi qoidalari hususida suhbatlar va amaliy tadbirlar o‘tkazildi. Shuningdek, tuman Maktabgacha va maktab ta’lim tashkiloti bo‘limiga qarashli 5-sonli DMTT hamda qurilish ishlari olib borilayotgan obyektlarda ishchi va xizmatchilarga yong‘in va qurilish me’yoriy qoidalari bo‘yicha tushunchalar berildi. Aholi yashash xonadonlarida davom etgan profilaktik tadbirlarda fuqarolarga yong‘in xavfsizligi talablari, elektr va gaz jihozlaridan to‘g‘ri foydalanish tartiblari tushuntirildi.