Rasmiy munosabat.
Ijtimoiy tarmoqlarda Zafarobod tumani "Cho'liguliston" mahallasida yashovchi fuqaro Toshtemirova Fotimaxon yo'llagan murojaat yuzasidan, tuman hokimligi va Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi xodimlari tomonidan atroflicha o'rganildi.
https://t.me/prezidentga_murojaat_kanali
O'rganishlar natijasida fuqaro Toshtemirov Nuraliga 2023-yilning 23-maydagi, № 2218306 sonli arizasiga asosan hamda "Cho'liguliston" QFY hokim yordamchisi B.Bo'riyevning 2023-yil 24-maydagi 160-sonli tavsiyanomasi berilgan.
Shuningdek "Mikrokredit bank" Zafarobod tumani filiali tomonidan, fuqaro N.Toshtemirovga kredit rasmiylashtirilib, shartnoma tuzilgan firma tomonidan fuqaroga arizasida ko'rsatilgan, motoroller (yuk tashish) vositasi yetkazib berilgan.
Murojaatda fuqaro F.Toshtemirova keltirib o'tgan 56 million so'm, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-dekabrdagi “Tomorqadan foydalanish samaradorligini oshirish, shuningdek, aholining tadbirkorlik tashabbuslarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-54-sonli qaroriga asosan, Qishloq xo‘jaligi texnikasi va asbob-uskunalari faoliyatini kengaytirish maqsadida Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi 84 oy muddatga, asosiy qarzga nisbatan 36 oy imtiyozli davr va yillik 14 foiz ustama haq to‘lash sharti bilan Qishloq xo‘jaligi bo'yicha xizmatlar hisobidan mahsulot (xizmat) tashkil etish uchun 33 000 000 so‘m miqdoridagi kredit mablag‘ini ajratish belgilab berilgan, shu sababli "Mikrokredit bank" tomonidan, kreditni qaytarish grafigida foiz to'lovlari bilan qo'shilib, 2030-yil iyun oyida 56 271 404 so'm bilan yakunlanishini ko'rsatib o'tilganligini ma'lum qilamiz.
Zafarobod tuman hokimligi Axborot xizmati.