Телефонлар:
(0372) 472-24-20
(0372) 472-24-20

Rasmiy munosabat.

03 апрель 2024 йил
87
0

Ijtimoiy tarmoqlarda “Hamshiraning ish smenasi nega kamaytirilyapti?” “Jizzax viloyati Zafarobod tumani Samarqand mahallasi Uyg‘un ko‘chasida yashovchi Malika Berdirasulovaga nisbatan adolatsizlik bo‘lmoqda.“Jizzax viloyati Zafarobod tumani Samarqand mahallasi Uyg‘un ko‘chasi 2-uyda yashovchi Malika Berdirasulova ko‘makka muhtoj mazmunida xabar tarqalgan.

https://t.me/sizdantelegram/45884

Mazkur holatlar yuzasidan Zafarobod tuman hokimligi va Tibbiyot birlashmasi hodimlari tomonidan atroflicha o‘rganildi. Zafarobod tumani "Samarqand" MFY "Uyg‘un" ko‘chasi 2-uyda yashovchi fuqaro Berdirasulova Malika, mukofot pullaridan mahrum qilinganligi aytilgan. O'rganishlar natijasida fuqaro M.Berdirasulovaga, 2023-yilda moddiy yordam pullari, shuningdek tibbiyot hodimlari kuni munosabati bilan rag'batlantirish pullari berilgan.

Shuningdek ish smenasi kamayganligi bo'yicha, tuman Tibbiyot birlashmasi bosh shifokori v.b J.Abdullayev o'rgandi. Ma'lum bo'lishicha Tibbiyot birlashmasi Jonlantirish bo‘limida ishlab, tug‘ish ta’tiliga chiqib ketgan Kubayeva Gulzoda tug‘ish ta’tilidan o‘z joyiga ishga qaytishni so‘ragan. Tibbiyot birlashmasi boshlig‘i tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Mexnat Kodeksining 405-moddasi, 5-xatboshisiga (Bolani parvarishlash ta’tillari davrida hodimning ish joyi (lavozimi) saqlanadi. Bu ta’tillarning ko‘pi bilan olti yili mehnat stajiga qo‘shiladi, shu jumladan mutaxassisligi bo‘yicha ish stajiga ham qo‘shib hisoblanadi.) asosan G.Kubayevaga o‘z ish joyi qaytarib berilganligi va hamshiralarga navbatchilik teng taqsimlanganligini ma'lum qilamiz.

 

 Zafarobod tuman hokimligi Axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар