Телефонлар:
(0372) 472-24-20
(0372) 472-24-20
» » Zafarobod tumanida “Korrupsiyaga qarshi kurashish" bo'yicha o‘quv seminar bo‘lib o‘tdi.

Zafarobod tumanida “Korrupsiyaga qarshi kurashish" bo'yicha o‘quv seminar bo‘lib o‘tdi.

23 май 2024 йил
122
0

Joriy yilning 23-may kuni Zafarobod tumani hokimligida “Korrupsiyaga qarshi kurashish” bo'yicha o‘quv seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda Jizzax viloyati hokimligi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat sho‘basi rahbari S.Melibayev, tuman hokimi o‘rinbosarlari va tuman hokimligi hodimlari ishtirok etdi.

 

 

 

Seminar davomida tuman hokimligi hodimlariga O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi, “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi va “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunlari manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish bo‘yicha Nizom, ishga qabul qilinayotgan nomzodlarni tekshirish bo‘yicha Yo‘riqnoma, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 14 oktyabrdagi “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi 595-sonli qarori qoidalariga muvofiq o‘zlariga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bajarish jarayonida tekshiruvlar o‘tkazishning tamoyillari, talablari, tartibi, maqsadi va muddatlarini belgilovchi ichki xujjatlar bilan tanishtirib, amaliyotda manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash, uning oldini olish va tartibga solish qoidalari, ishga qabul qilishda nomzodlar tekshiruvi o‘tkazishning tamoyillari, talablari, tartibi va muddatlari, davlat xaridlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzish orqali amalga oshirishda ishtirokchilarni majburiy tekshirishning asosiy talablari, tartibi va usullari bo‘yicha batafsil tushuntirish va tavsiyalar berildi.

 

 

 

 

 

 Zafarobod tuman hokimligi Axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар