Zafarobod tumanida Sektor rahbarlari va yoshlar uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Har bir mamlakatning kelajagi, ertasi uning yoshlari nechog‘lik salohiyatli ekanligi bilan uzviy bog‘liqdir. Shu sababli ham davlatimiz tomonidan yoshlarga qaratilayotgan e’tibor kun sayin ortib bormoqda.
Jumladan, bugun Zafarobod tumani Madaniyat markazida "Yoshlar oyligi" doirasida, "Sektor rahbarlari va yoshlar uchrashuvi" bo'lib o'tdi. Uchrashuvda tuman hokimi Gʻayratjon Eshpulatov hozirgi vaqtda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, imkoniyatlar va yangiliklar haqida to‘xtalib o‘tdi.
Ochiq va samimiy ruhda o'tgan uchrashuvda yoshlar o'zlarini qiziqtirgan savollarga tuman sektor rahbarlari tomonidan javoblar oldi. Shuningdek sport, madaniyat, kitobxonlik, tadbirkorlik, ilm-fan yo'nalishlarida yuqori natijaga erishgan bir qator yoshlar, tuman sektor rahbarlarining tashakkurnomasi va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.
Zafarobod tuman hokimligi Axborot xizmati.