Телефонлар:
(0372) 472-24-20
(0372) 472-24-20
» » Zafarobod tumanida “Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida galakonsert o'tkazildi.

Zafarobod tumanida “Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida galakonsert o'tkazildi.

27 июнь 2024 йил
175
0

Zafarobod tumanida "Yoshlar oyligi" doirasida “Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida yoshlar festivali betakror va yorqin lahzalarga boy boʻldi.

 

 

 

 

Tadbirda Zafarobod tumani hokimi Gʻayratjon Eshpulatov barchani bayram bilan tabriklab, bugungi kunda mamlakatimizda, xususan tumanimizda yoshlar siyosati sohasida olib borilayotgan islohotlar haqida toʻxtaldi va yoshlarga omad va zafarlar tiladi.

 

 

Shundan so'ng bir guruh faol yoshlarga, xususan, maktablarni aʼlo baholarga tugangat bir guruh bitiruvchilarga “Oltin” medallar, “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida oʻtkazilgan tanlovlar gʻoliblariga, faoliyatida yuksak natijalar qayd etgan fan, taʼlim, madaniyat va sport sohasidagi yoshlarga, faol yoshlar yetakchilariga hamda har jabhada faol boʻlgan turli soha vakillari va yosh rahbarlarga faxriy yorliqlar hamda esdalik sovgʻalar topshirildi.  

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Festival davomida tuman madaniyat boʻlimi sanʼatkorlarining goʻzal kuy-qoʻshiqlari va qiziqarli shou dasturlar asosida yuqori kayfiyatda davom etdi. Ayniqsa poytaxtdan tashrif buyurgan, elimiz suygan taniqli estrada yulduzi Sardor Toirovning har bir chiqishlarini olqishlar bilan kutib olishdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Tadbir davomida mushakbozlik namoyishi barcha qalblarga chinakam bayram kayfiyati, betakror va yorqin taassurotlar ulashdi.

 

 

  Zafarobod tuman hokimligi Axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар