Телефонлар:
(0372) 472-24-20
(0372) 472-24-20
» » Zafarobod tumani "Birlik" mahallasida huquq tartiboti organlari ishtirokida ommaviy qabul o‘tkazildi.

Zafarobod tumani "Birlik" mahallasida huquq tartiboti organlari ishtirokida ommaviy qabul o‘tkazildi.

11 июль 2024 йил
387
0

Ommaviy qabulda tuman hokimi Gʻayratjon Eshpulatov, tuman prokurori Xusniddin Bektemirov, tuman IIB boshlig‘i Bahrom Musurmonov, Sud, Xalq qabulxonasi, Departament, Adliya, tuman soliq inspeksiyasi, MIB hamda Mudofaa bo‘limi rahbarlari ishtirok etdi.

 

 

Qabulda 16 nafarga yaqin fuqarolar va yuridik shaxslarning vakillaridan murojaatlar kelib tushdi. Qabulda sud qarorlari, ichimlik suvi, kadastr, uy ta'miri, ichki yo'llar ta'miri, elektr energiyasi, gaz, moddiy yordam va boshqa masalalarga oid murojaatlar tinglandi.

 

 

 

 

Kelib tushgan murojaatlarning 5 tasi joyida ijobiy hal etildi, 3 nafar fuqaroga huquqiy tushuncha berildi. Vaqt talab qiladigan murojaatlar nazoratga olindi. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish borasida sayyor qabullar davom ettirilmoqda.

 

 

 

 Zafarobod tuman hokimligi Axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар