Телефонлар:
(0372) 472-24-20
(0372) 472-24-20
» » Zafarobod tumanida Xalq qabulxonasi tomonidan viloyat 1-sektorining ommaviy qabuli o'tkazildi.

Zafarobod tumanida Xalq qabulxonasi tomonidan viloyat 1-sektorining ommaviy qabuli o'tkazildi.

20 май 2023 йил
242
0

Zafarobod tumanida joylashgan Madaniyat markazida Jizzax viloyati 1-sektor rahbarining aholi bilan ommaviy qabuli o'tkazildi. Qabulda sektor rahbarlari, viloyat hokimi o'rinbosarlari, aholi muammolarini hal etish bo'yicha ishchi guruh aʻzolari, hokim yordamchilari, mahalla raislari va viloyat hamda tumandagi tashkilot va muassasalar rahbarlari ishtirok etishdi.

 

Ommaviy sayyor qabulni Xalq qabulxonasi mudiri Bayrambek Uzoqov olib bordi. Qabul 15 ta guruhga bo'lingan holda tashkil etilib, har bir guruhdagi mutasaddilar aholi muammolarini tingladi. Qabulda 140 nafar fuqarolarning 105 ta masalasi yuzasidan murojaatlari tinglandi va murojaatlarning  barchasi Xalq qabulxonasi tomonidan nazoratga olindi.

 

 

 

Qabulda asosan tibbiyot, ichki yo'llar, subsidiya, uy-joy ta'mirlash, elektr tarmoqlari, ichimlik suvi, kredit va boshqa masalalarga oid murojaatlar kelib tushdi. Mazkur murojaatlarni belgilangan muddatlarda ijobiy hal etish bo'yicha viloyat hokimining o'rinbosarlari, viloyat tashkilotlari rahbarlari, tuman hokimi va sektor rahbarlariga aniq vazifalar belgilab berildi.

 

Qabul davomida 7 nafar yoshlarga to'lov kontrakt sertifikatlari, 1 nafar fuqaroga davolanish sertifikati, 2 nafar fuqaroga nogironlik aravachasi, 1 nafar fuqaroga qo'ltiq tayoq berildi. Shuningdek 10 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarga maishiy texnika berildi.

 

 

 

 Zafarobod tuman hokimligi Axborot xizmati.


 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар