Телефонлар:
(0372) 472-24-20
(0372) 472-24-20

Rasmiy munosabat.

27 июль 2024 йил
76
0

Joriy yilning 27-iyul kuni “Jizzax ovozi” gazetasida "Boshqaruv servis kompaniyalardan aholi rozimi?" sarlavhasi ostidagi xabarga munosabat.

@jizzax_vohasi

Mazkur holat bo‘yicha Zafarobod tuman qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi quyidagilarni ma’lum qiladi, Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyun PQ-5152-sonli qarorida keltirilgan, ko‘p kvartirali uy-joylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish, boshqaruv organlarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash hamda ko‘p kvartirali uy-joylarning umumiy mol-mulkini saqlash, undan samarali foydalanish va uni ta’mirlash, ularga tutash yer uchastkasini obodonlashtirish ishlarini izchil amalga oshirilishini ta’minlash hamda Ozbekiston Respublikasining “Ko‘p xonadonli uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi 2019-yil 7-noyabr O‘RQ-581-sonli qonunining “umumiy mol-mulkni saqlash bo‘yicha xarajatlar” haqidagi 16-moddasiga ko‘ra mulkdorlar umumiy mol-mulkini saqlash bo‘yicha xarajatlarni har oyda, qoida tariqasida pul shaklida to‘lab borishlari ko'rsatib o'tilgan.

Tuman hokimligining 2021-yil 23-dekabrdagi 114-3-50-Q/21-sonli qaroriga ko‘ra, “Zafarobod maxsus kommunal servis” MCHJ shaklidagi boshqaruv servis kompaniyasi tashkil qilingan va tumandagi barcha ko‘p qavatli uylar boshqaruv servis kompaniyasi tasarufiga o‘tib, shu vaqtga qadar davlat dasturi asosida hamda boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan joriy va mukammal tamirlash ishlari olib borilgan. Ushbu qonun va qarorning tegishliligi bo'yicha fuqaro Rahimqulov Turdimurodga qonun doirasida tushuntirish ishlari va ogohlantirish berilgan.

Zafarobod tuman hokimligi Axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар