Zafarobod tumanida elektr taʻminoti korxonasi tomonidan olib borilayotgan ishlar, istiqbolli rejalar bo'yicha ochiq muloqot bo'lib o'tdi.
Joriy iylning 27-fevral kuni Zafarobod tumani elektr taʻminoti bo'limi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bo'yicha ochiq muloqot o'tkazildi. Ochiq muloqotda tuman OAV xodimlari, korxona – tashkilotlar ishtirok etdi.
Zafarobod tumanida elektr energiyasidan foydalanuvchi jami iste’molchilar 9928 ta bo'lib shundan aholi iste’molchilar soni 8795 ta, yuridik iste’molchilar soni 1133 ta. Ularga tumanda 8 ta podstansiya, 177 ta transformator punkti va 10/0,4 havo tarmog'i 508 km xizmat ko'rsatmoqda. Hozirda Zafarobod tuman elektr energiyasi iste’molchilari 100 % elektr energiyasi bilan ta’minlangan bo'lib 2023-yil elektr energiyasi yanada sifatli ta’minlash maqsadida dasturga asosan quyidagi ishlar bajarilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-maydagi “2023-2025 yillarda Jizzax viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-146-sonli qarori bo‘yicha: Zafarobod tuman "Uzun" QFY Bog'ieram va Elparvar ko'chalariga dasturga asosan 4,3 km 10/0,4 kV elektr tarmogi qurish va 1 dona 250 kVA transformator punkti o'rnatish rejalashtirilgan bo'lib, shundan hozirgi kunda 55 dona temir biton ustunlari o'rnatildi va 1- dona 250 kVa transformator olib kelindi. Hozirda dasturga asosan to'liq ishlar yakunlangan. Zafarobod tuman "Chimqo'rg'on' QFY Yaxshi niyat ko'chasiga dasturga asosan 2,0 km 10/0,4 kV elektr tarmog'i qurish va 1 dona 160 kVA transformator punkti o'rnatish kiritilgan bo'lib, shundan hozirgi kunda 48 dona temir biton ustunlari o'rnatildi va 1- dona 160 kVa transformator olib kelib o'rnatildi. Hozirda dasturga asosan to'liq ishlar yakunlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-noyabrdagi VM-635 sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida: Zafarobod tuman 'Uzun" QFY Sholipoya mahallasiga dasturga asosan 1,5 km kayta loyihaga asosida 3.47 km 10/0,4 kV elektr tarmog'i qurish va 1 dona 160 kVA transformator punkti o'rnatish kiritilgan bo'lib, shundan hozirgi kunda 60 dona temir biton ustunlari o'rnatildi. Zafarobod tuman "Chimqo'rg'on" QFY Xamza mahallasiga dasturga asosan 1,8 km, qayta loyihaga asosida 4.20 km 10/0,4 kV elektr tarmog'i qurish va 1 dona 160 kVA transformator punkti o'rnatish kiritilgan bo'lib, shundan hozirgi kunda 20 dona temir biton ustunlari o'rnatildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mahsus farmoyishiga asosan, Respublika hududlarida 15.06.2023 yilda mahallalar infratuzilmasi (elektr energiyasi)ni yaxshilash bo‘yicha 346-sonli qarorga asosan: Zafarobod tuman "Uzun" QFY Navro'z mahallasiga dasturga asosan 1.5 km, 10/0,4 kV elektr tarmog'i qurish va 1 dona 160 kVA transformator punkti o'rnatish rejalashtirilgan bo'lib, shundan hozirgi kunda 27 dona temir biton ustunlari olib kelinib o'rnatildi, SIP 35/2 1500 m kabeli, 1 dona 160 kVA transformator punkti o'rnatildi. Hozirda dasturga asosan to'liq ishlar yakunlangan. Zafarobod tumani "Lolazor" QFY Murabbiylar ko'chasiga dasturga asosan 2 km, 0,4 kV elektr tarmog'i qurish rejalashtirilgan bo'lib, hozirda 25 dona temir biton ustun olib kelindi. Xozirda dasturga asosan tolik ishlar yakunlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori 172-sonli 2022-yil 18-martdagi 2022 – 2026 yillarda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dastur bo'yicha: Zafarobod tumani "Samarqand" MFYda dasturga asosan 7 dona temir biton ustunlari o'rnatilib 0.250 km 0,4 kV elektr tarmog'i tortilib ishlar to'lik bajarildi. Zafarobod tuman o'tkazilgan sayyor qabullardan kelib tushgan murojatlarga asosan 2023-yil "Uzun" QFY Navro'z mahallasiga 5 dona temir biton ustuni, Zafarobod tuman "Samarkand" MFY «Obod xonadon» «Obod ko'cha» va «Obod mahalla» dasturi asosida 145 dona temir beton ustunlari olib kelinib hozirda to'liQ o'rnatildi. Xozirgi kunda ishlar davom etmoqda. 2023-yil Mukammal tamirlash rejasiga asosan 0,4 kV havo tarmog'i 16,83 km, 10 kV havo tarmog'i 37,17 km, jami 54 km hamda 18 dona transformator punktlari to'liq ta’mirlash ishlari bajarildi. Shundan hududda 11 dona transformator, 7,15 km 0,4 kV havo tarmog'i, 37,17 km 10 kV havo tarmog'i tortilgan.
2023-yil joriy ta'mirlash rejasiga asosan 0,4/10 kV havo tarmoqlari 98,9 km, hamda 51 dona transformator punktlari joriy ta’mirlash ishlari bajarildi. 2024-yil Mukammal ta'mirlash rejasiga asosan 0,4 kV havo tarmog'i 32,59 km, 10 kV havo tarmog'i 22,11 km, jami 54,7 km hamda 20 dona transformator punktlari to'liq ta’mirlash ishlari bajarilishi reja qilingan.2024-yil joriy ta'mirlash rejasiga asosan 0,4/10 kV havo tarmoqlari 126,30 km, hamda 54 dona transformator punktlari joriy ta’mirlash ishlari reja qilingan.
Ochiq muloqot davomida tuman elektr korxonasi taʻminoti rahbari Mirabror Qulmatov tomonidan, OAV xodimlari tomonidan berilgan savollarga javoblar berildi.
Zafarobod tuman hokimligi Axborot xizmati.