Zafarobod tumanida Sektor rahbarlari va yoshlar uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Zafarobod tumanida, "Sektor rahbarlari va yoshlar uchrashuvi" bo'lib o'tdi. Uchrashuvda tuman hokimi Gʻayratjon Eshpulatov, tuman prokurori Xusniddin Bektemirov, tuman soliq inspeksiyasi boshlig'i Jasur Alimqulov, tuman hokimi o'rinbosarlari, yoshlar yetakchilari va yoshlar ishtirok etdi.
Uchrashuvda tuman hokimi Gʻayratjon Eshpulatov so‘nggi yillarda mamlakatimizda yoshlarga berilayotgan e’tibor, ularni ta’lim-tarbiya olishi, tadbirkorlikka yo‘naltirish, ish bilan ta’minlanishida olib borilayotgan islohotlar, jumladan, bu borada tumanda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida gapirdi.
Ochiq va samimiy ruhda o'tgan uchrashuvda yoshlar o'zlarini qiziqtirgan savollarga tuman sektor rahbarlari tomonidan javoblar oldi. Shuningdek uchrashuv davomida, faol yoshlarga tuman hokimi tomonidan tashakkurnomalar berildi.
Zafarobod tuman hokimligi Axborot xizmati.