Телефонлар:
(0372) 472-24-20
(0372) 472-24-20

ODAM SAVDOSIGA QARSHI KURASH

20 август 2024 йил
91
0

Insoniyat tarixida odam savdosiga qarshi kurashish XIX asr oxiri va XX asr boshlarida xotin-qizlarning Yevropadan Amerika va Shimoliy Afrika qitalariga keng ko‘lamli migratsiyasi hamda ayollarni Yevropaga sotish hodisasi kuzatilgan. Bu hodisaga barham berish maqsadida Parijda 1902 va 1910 yillarda ikkita konferensiya o‘tkazilib, “Oq qullar savdosiga qarshi kurashish” nomli butunjahon Konvensiyasi qabul qilingan.

Keyinroq ushbu konvensiya “Ayollar va bolalar savdosini yo‘qotish” va “Voyaga yetmagan ayollar savdosini yo‘qotish” nomli butunjaxon Konvensiyalari bilan to‘ldirilgan.

Bugungi kunda dolzarb masalalardan biri bo‘lgan odam savdosining oldini olish va unga qarshi kurashish borasida O‘zbekiston Respublikasida
9 mingdan ortiq nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyat ko‘rsatsa ularning 100ga yaqini odam savdosiga qarshi kurashish borasida ish olib bormoqda. Qonunda mazkur yo‘nalishga doir faoliyatni amalga oshirayotgan davlat organlariga ko‘maklashuvchi tashkilotlar qatorida nodavlat tashkilotlari ham belgilanib ularning vakolat va vazifalari aniq ochib berildi.

Shu bilan birga, amaldagi Qonundan farqli o‘laroq yangi taxrirdagi Qonunda odam savdosidan jabrlanganlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashuvini ta’minlash tartibi va jabrlanganlar haqidagi ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlash tartibi va ularga taqdim etiladigan xavfsizlik choralari va boshqa kafolatlari belgilandi.

Bundan tashqari, milliy qonunchiligimizda ilgari bo‘lmagan odam savdosidan jabrlanganlarni identifikatsiya qilish va ularni qayta yo‘naltirish tushunchalari alohida bobda belgilandi.

Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish bo‘yicha milliy komissiya davlat hokimyati va boshqaruvi organlarining, boshqa tashkilotlarning odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini muvafiqlashtiruvchi kollegial organligi ta’kidlandi. Milliy komissiyaning qarorlari davlat hokimyati va boshqaruvi organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan bajarilishi shartligi, nodavlat notijorat tashkilotlari uchun esa tavsiyaviy xususiyatga ega ekanligi belgilandi.

Xulosa qilib aytganda, qonunning qabul qilinishi odam savdosidan jabrlangan fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini kafolatli himoya qilishga xizmat qiladi.

 

Jinoya ishlari bo‘yicha

Zafarabod tuman sudi raisi J.Baxronov

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар