Телефонлар:
(0372) 472-24-20
(0372) 472-24-20
» » Zafarobod tumanida O‘zbekiston Turkiya xamkorligida “Taskin Carpet” xorijiy korxonasi ish boshladi.

Zafarobod tumanida O‘zbekiston Turkiya xamkorligida “Taskin Carpet” xorijiy korxonasi ish boshladi.

31 август 2024 йил
40
0

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33-yilligi munosabati bilan Zafarobod tumani "Yorqin" mahallasida, O‘zbekiston Turkiya xamkorligida “Taskin Carpet” xorijiy korxonasining tantanali ochilish marosimi o'tkazildi.

 

 

Tadbirda Jizzax viloyati prokurori Baxtiyor Ibroximov, tuman hokimi Gʻayratjon Eshpulatov, otaxon-onaxonlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

 

Tadbir davomida viloyat Baxtiyor Ibragimov va tuman hokimi Gʻayratjon Eshpulatov so'zga chiqib, barchani eng ulug‘, eng aziz bayram Mustaqilligimizning 33 yillik bilan muborakbod etdi. Shuningdek nuroniy otaxonlar bugungi dorilomon kunlarga shukronalar bildirdi va Vatanimizning porloq kelajagini tilab, samimiy so’zlar, ezgu tilaklar bilan duolar qildi.

 

 

 

 

 

 

 

 

Korxonada 1 yilda 350-360 dona toza ipakdan gilam to‘qilib 100 foiz Yevropa davlatlariga eksport qilinadi. Shuningdek 60 nafar ishsiz aholi bandligi ta’minlandi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Mazkur ishga tushirilgan loyiha, hudud aholisi uchun Mustaqilligimizning 33 yillik shodiyonasi arafasida munosib sovgʻa boʻldi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 Zafarobod tuman hokimligi Axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар